馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tabiiy asosli yangi avlod preparatlari


O始zR F袗 akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutida shirinmiya ildizidan birinchi marotaba ajratib olingan glitsirrizin kislota asosida qator preparatlar, shu jumladan, supramolekulyar kompleksi - D袗G-1 ishlab chiqildi. Supramolekulyar kompleks ta始siri biokimyoviy mexanizmini o始rganish asosida birinchi marta ularning g始o始zani sho始rlanish va fitopatogenlarga qarshi chidamlilikni oshirish induktorlari ekanligi aniqlandi. Ushbu preparatlar nanodozalarda (10-7M) g始o始zaning stress chidamliliga javobgar proantioksidant tizimi fermentlari faolligini sezilarli darajada oshiradi, preparat o始sish energiyasini oshirib, chigitning dalada unib chiqishini tezlashtiradi va g始o始zaning qimmatli xo始jalik belgilarini yaxshilaydi.

2018-yil 26-mayda Qoraqalpog始iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yuz bergan “tuz bo始roni” oqibatlarini tugatish maqsadida fermer xo始jaliklari paxta maydonlarida D袗G-1 va D袗G-2 preparatlari qo始llanildi. Fermer xo始jaliklari 袗ssotsitsiyasining xulosalariga ko始ra, preparatlar bilan ishlov berilgan maydonlarda paxta hosili yaxshi olingan.

D袗G-1 va D袗G-2 preparatlarini Sirdaryo va Toshkent violoyatlarida keng miqyosda joriy etish uchun O始zR F袗 Bioorganik kimyo instituti Fermentlar kimyosi laboratoriyasida D袗G-1 preparati hamda respublika paxta zavodlarida chigitlarga ishlov berishda qo始llaniladigan “Vitovaks” va “P-4” fungitsidlari bilan kompozitsiya yaratish maqsadida biokimyoviy tadqiqotlar o始tkazildi.

Natijalar preparatlarning bir-biriga mos kelishini, sinergetik ta始sir etishini ko始rsatdi. Kompozitsiya ildiz tizimini nazoratga nisbatan 4-5 marotaba uzaytirdi, g始o始za o始sishi va rivojlanishiga javob beruvchi antioksidant tizimi fermentlari faolligini oshirdi.

Fermerlar ma始lumotiga ko始ra, D袗G-1 preparati va P-4 fungitsidi kompozitsiyasi bilan ishlov berilgan chigitlar nazoratdagiga nisbatan g始o始za nihollari baquvvat ildiz tizimiga ega, ushbu fermer xo始jaliklaridagi g始o始zani rivoji bo始yicha Boyovut tumanidagi boshqa paxta maydonlariga nisbatan oldinda bormoqda va paxta terimi natijalariga ko始ra hosildorlik 6-7 sentnerga ortgan.

O始zR Qishloq xo始jaligi vazirligi roziligi hamda “O始zpaxtasanoat” tavsiyalari asosida hozirgi kunda Sirdaryo viloyatining Boyavut tumani “Baxt” paxta tozalash zavodida 2020-yil paxta hosili uchun 900 tonna urug始lik chigitni D袗G-1 va P-4 fungitsid kompozitsiyasi bilan ishlovlanishiga shartnoma tuzildi. Bu urug始lik chigitlar klaster xo始jaliklarining 30000 gektar sho始rlangan yer maydonlariga ekiladi. Sirdaryo viloyatida “Malik” paxta tozalash zavodida 75 tonna urug始lik chigitini kompozitsiya bilan ishlovlanib, 2500 gektar sho始rlangan maydonlarga ekiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!