“Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti bilan hamkorlikda innovatsion ishlanma ishlab chiqarish jarayoni joriy etildi.
“Buxoro” neftni qayta ishlash zavodi O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti qoshidagi “Kimyoviy Texnologiya” MChJ bilan hamkorlikda 7236 dona suzuvchi ponton ishlab chiqarish va korxonaga yetkazib berish ishlarini amalga oshirdi.

Suzib yuruvchi pontonlarning birinchi navbati zavodga keltirilgach, yong始inni o始chirish bo始yicha sinovdan o始tkazildi va ijobiy natija ko始rsatdi.
Joriy yilning 18-19-yanvar kunlari zavod va “Kimyoviy Texnologiya” MChJ mutaxassislari tomonidan 7236 dona suzuvchi pontonlar 55-VPSga muvaffaqiyatli yuklandi.

Ushbu yangi dizayndagi polietilentereftalat (PET) pontoni qabul qilish, tarqatish, saqlash va sig始imlarda to始satdan paydo bo始lgan yong始inni o始chirish paytida neft褜 mahsulotlari va gaz kondensatining bug始lanishi natijasida yengil uglevodorodlarning yo始qolishini bartaraf etishga mo始ljallangan.
Bunday ponton yong始in, portlashga qarshi maxsus ko始pik hosil qiluvchi eritma va inert gaz bilan to始ldiriladi (http://www.academy.uz/uz/news/neft-va-gaz-konlarida-foydalanish-uchun-ot-ochirish-moslamalari).
Ma始lumot uchun: O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti tomonidan rezervuarlar uchun modernizatsiya qilingan suzuvchi ponton ishlab chiqilgan va 鈩朣AP 01058 raqamli ishlab chiqarish namunasiga “Rezervuarlar uchun pontonli qurilma” mavzusida patent olingan.