馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Suyuqlikdagi nanozarralar xususiyatlarini aniqlovchi laboratoriya tizimi ishga tushirildi


Bugungi kunda Prezidentimiz ta始biri bilan aytganda, “biz milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishishni o始z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo始ydik”. Milliy yuksalishga erishish yo始lidagi muhim omillardan biri, albatta, ilm-fandir. Shuning uchun ham mamlakatimizda Davlatimiz Rahbari tomonidan bu soha vakillariga jiddiy g始amxo始rlik ko始rsatilmoqda va ilmiy-tadqiqot muassasalari yangicha ko始rinish kasb etmoqda.

Buni birgina O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida” gi PQ-3365-son qarorining qabul qilinishida ko始rish mumkin. Bu qaror asosida bosqichma bosqich ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnik bazasi yangilanmoqda hamda keng ko始lamdagi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunday yangilanishlardan biri O始zR F袗 Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Buyuk Britaniyadan olib kelingan NanoSight LM 10 laboratoriya qurilmasining ishga tushirilishi bo始ldi.

Ushbu qurilma yorug始likning dinamik sochilishi yordamida bir vaqtning o始zida nanzarralarning gidrodinamik diametrlari, diffuziya koeffitsienti va nanozarrlarning suyuqliklardagi kontsentratsiyasini aniqlash imkoniyatiga ega.

Qurilma yordamida 1 ta namunaning xususiyatlarini aniqlash uchun 7-10 daqiqa talab etiladi.

Shuni ham alohida ta始kidlash lozimki, bu eksperimental qurilma hozirda O始rta Osiyoda yagona hisoblanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!