馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Suyirlitepa - Buyuk ipak yo始lidagi shahar


Suyirlitepa Ohangaron tumani Qorabuloq qishlog始ida joylashgan qadimiy yodgorlik bo始lib u shahar sifatida, o始zining original tarixiy topografiyasi, mudofaa inshoatlari va monumental xarakteridagi 袗rki 袗始losi, uni o始rab olgan shahriston va markaziy diniy-mafkuraviy obyektining mavjudligi bilan ajralib turadi. 袗vvalambor, Suyirlitepa Buyuk ipak yo始lining qadimgi Farg始onadan Chochga Kendirsoy dovoni orqali o始tgan yo始lidagi birinchi shahar. U Qorabuloq qishlog始i zaminidan otilib chiqqan qadimgi buloq asosida, dastlab kichik bir qishloq, asta-sekin yirik shaharga aylangan makonda tarkib topgan. Ma始lum bo始ldiki, shahar markazida 袗rki-袗始lo (Kuxandiz), uning atrofida shahristonlar, janubiy shahriston tashqarisida, rabod va mozor-qo始rg始onlar joylashgan. Shahar maydonining g始arbiy tomonidan Objazsoyning o始ng irmog始i-Uzunsoy o始tadi. Uning janubiy va sharqiy tomonlarini Uzunsoydan tortilgan chuqur va keng kanal o始rab olgan. Shaharning shimol tomoni Ohangaron daryosi sohili bilan chegaralangan. Shaharning umumiy maydoni ta褏minan 90-100 gektarni tashkil etadi.

 Suyirlitepa tarixiy topografiyasini vizual o始rganish bilan birga, uning ikki obyektida qazishmalar olib borish zaruriyati tug始ildi. Birinchi navbatda yodgorlikning arxeologik stratigrafiyasini o始rganishga qaratilgan bo始lsa, ikkinchisi uning umumshahar diniy kult obyektida izlanishlar olib borishni taqozo etar edi. Shahar stratigrafiyasini o始rganish uning 袗rkida olib borildi.

 

Suyirlitepaning arxeologik stratigrafiyasi. Suyirlitepa territoriyasining o始zlashtirish tarixini o始rganish uchun yodgorlikning eng qadimgi qismi hisoblangan 袗rkida, uning shimoli-g始arbiy burchagida, g始arbdan sharq tomonga yo始naltirilgan 5x48 metrli stratigrafik shurf-transheya solindi. 袗rkning chor atrofini o始rab olgan mudofaa devori zamona o始tishi bilan nurab, tashqi tomonga yiqilgan. 袗rk balandligi kamida 6 metrli tabiiy tepalik ustida qad ko始targan bois, arkning chor atrofi konussimon qiyalik ko始rinish tusini olgan. Transheya kesmasida, uning g始arbiy chegarasidan 8 metr masofada 袗rk tepaligining chegarasi boshlanadi.

 Transheya boshlang始ich nuqtasidan sharqqa tomon 13,20 sm. masofada tabiiy tepalik bag始riga kirib borgan ikki xonali yer osti "muzlatgich" kameralari yasalgan bo始lib, ularda yoz kunlari g始o始sht, sut mahsulotlari saqlangan. Kameralar shipi (potologi) kubba shaklida, birinchi kameraning polidan shpiga qadar 1,80 sm, ustki yuzasidan polgacha 3,5 m., sharqiy devorining qalinligi 60 sm. Undan ikkinchi sharqiy kameraga o始tilgan.Uning shirinasi 2,5 m. Polidan shipiga qadar 2,60 sm. Ustki yuzasidan poliga qadar 5,24 sm. Muzlatgich kameraning ichi yuqorisidan oqib tushgan tuproq, kul, xom g始isht parchalariga to始la. Madaniy qatlamlar har xil qalinlikda g始arbdan sharqqa tomon oqib tushgan.

 Transheyaning g始arbiy chegarasidan 24 metr masofada materik ustida ikki qator paxsa devori mavjud, uning balandligi 2,5 metrdan kam emas. Har bir paxsa orasiga bir qator xom g始isht terib chiqilgan. So始ng ustiga 0,5 m. shag始al yotqizilgan.Transheya kesmasida, shag始al ustida nuragan mudofaa devor parchalari aralash tuproq, qul, sopol, tosh va boshqa narsalar qarishmalaridan iborat madaniy qatlam hosil bo始lgan. Uning tepa qismida linza shaklida qatlam-qatlam kulga to始la ovalsimon chuqurchalar (yamalar) hosil bo始lgan. Transheya kesmasining g始arbiy chegarasidan 35 metr masofada ilk o始rta asrlar davri tashqi tosh devor ochildi. Tosh devor qalinligi 80 sm, 70 sm chamasi balandlikda saqlangan. Materikdan to tosh devor yuza sathiga qadar 5 metr. Shurf-transheya kesmasidan olingan materiallarning materikdan tosh shag始al qatlamiga qadar qatlamlardan topilgan materiallar kompleksi milodiy IV-VI asrlar davriga, ya始ni Qovunchi II bosqichining oxirlari va Qovunchi III davrini xarakterlaydi. Bu davr madaniy qatlamining qalinligi 2,5 metrdan kam emas. Uning ustida 3 metrga yaqin madaniy qatlam saqlangan. Mana shu qatlam bag始rida monumental xarakterdagi devor qoldiklari bilan VII-VIII asrlar davri madaniy qatlamlari uchradi. Xuddi shu davrda 袗rk ustida aslzodalarning xo始jalik komplekslari qad ko始targan. Mana shu qatlamlar balandligiga yetganda shurf-transheya maydonini 13x18 m.ga kengaytirishga to始g始ri keldi. Kengaytirilgan maydonda bir xo始jalik kompleksi uy-joylari joylashgan bo始lib, u 5 xonadan iborat ekanligi aniqlandi. Kompleks ilk o始rta asrlarning VII-VIII asrlariga tegishli. Xonalarning devorlari qalin, monumental xarakter kasb etadi. Devorlarning qalinligi 1,10 sm, xonalarga kirish eshiklari ham keng, 1 metrdan kam emas. Hovliga kirish darvozasi janubiy devor o始rtasidan ochilgan. Darvozaning har ikkala yon tomonlariga uzunligi 1, 80 sm, kengligi 60 smli supa yasalgan. Darvozadan birinchi xonaga kirilgan. U uzun va keng koridorsimon shaklda, Uning dastlabki razmeri 12x4m. bo始lgan. Qoraxoniylar davrida uning g始arbiy devori buzilib, qo始shimcha qurilmalar bilan kengaytirilgan. Shu munosabat bilan birinchi xonaning g始arbiy yarmi maydonida qo始shimcha qurilmalar amalga oshirilib, Qoraxoniylar davrida 3 ta parallel o始choqlar yasalgan, hatto ilk o始rta asr devorlari ustida 2 ta o始choq o始txonalari saqlangan. Uy-joy qurilmalari esa buzilib ketgan. Koridorsimon birinchi xonadan ikkinchi xonaga o始tilgan. Uni birinchi davr (IV-VI asr) poliga qadar ochildi. Xonaning poliga katta hajmdagi xomg始ishtlar terib chiqilgan . Hozirda qazishma ishlari davom etmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!