馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Suvni sho始rsizlantirish tizimlari samarali ishlatilmoqda


2020-2021 yillarda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida O始zbekistonning cho始l artezian suvlari uchun nanostrukturali materiallardan foydalangan holda suvni sho始rsizlantirish blok-modulli tizim yaratish ilmiy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga kelib loyiha doirasida ishlab chiqilgan tuzsizlantirish tizimlarining tajribaviy namunalari Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining xodimlarini toza ichimlik suvi bilan ta始minlash maqsadida bir nechta obyektlarida o始rnatildi va muvaffaqiyatli ishlatilib kelmoqda. Shu qatorda Navoiy kon-metallurgiya kombinati markaziy kon boshqarmasi "Muruntov" koni, Uchquduq shahri Shimoliy kon boshqarmasining "KONCHI" dispanseri, Zarafshon shahar Markaziy ma'dan boshqarmasining 2-sonli gidrometallurgiya zavodida mazkur tizim ishlatilmoqda.
2021-yil aprel oyida Qoraqalpog始iston Respublikasi Nukus tumanidagi bolalar bog始chalaridan birida Yadro fizikasi institutida ishlab chiqarilgan tuzsizlantirish tizimi o始rnatildi. Institut tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha respublikamizning markaziy suv ta始minotidan uzoklashgan hududlarini va qishloq aholisini yuqori sifatli ichimlik suvi bilan ta始minlashda muhim ahamiyatga ega.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!