Joriy yil 30-may kuni O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “O始zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta始minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PF-144-sonli Farmoni qabul qilindi.
Unga ko始ra, O始zbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konseptsiyasi hamda uni 2022 – 2023-yillarda amalga oshirish “Yo始l xaritasi” tasdiqlandi.
Shuningdek, Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-sentyabrdan respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarga zilzilabardoshlik bo始yicha xulosalar berish tartibi joriy etiladi.
Farmonga ko始ra, Fanlar akademiyasi tomonidan respublikaning seysmik faol zonalarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasidagi ma始lumotlar asosida seysmik zaif ijtimoiy soha ob始ektlarining ro始yxati har yili 1-aprelgacha shakllantirib boriladi hamda instrumental-texnik tekshiruvdan o始tkazish ishlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tashkillashtiriladi.
2022-yil 1-oktyabrdan respublikadagi ko始p kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik bo始yicha xatlovdan o始tkazish amaliyoti yo始lga qo始yiladi va xatlov natijasiga ko始raekspluatatsiya muddatini o始tab bo始lgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan ko始p kvartirali uy-joylar o始rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo始yicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritib boriladi.
2023-yil 1-maydan suv omborlari to始g始onlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimi yo始lga qo始yilib, mazkur yo始nalishdagi mas始ul davlat organlari kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma始lumotlar bilan ta始minlab boriladi.
Shuningdek, Fanlar akademiyasi tomonidan 2022 – 2025-yillar davomida 袗ndijon, Toshkent, Guliston, Nurafshon, Namangan, Farg始ona, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Nukus, Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalari ishlab chiqiladi.
2023-yil 1-apreldan suv omborlari to始g始onlarida seysmik xavfni oldindan prognoz qilish va baholash amaliyotini joriy qilish maqsadida:
• kosmik monitoring doirasida simulyatsion dastur orqali zilzila natijasida to始g始on o始pirilishi oqibatida suv bosishi mumkin bo始lgan respublika hududlarining vizual 3D modellarini ishlab chiqish amaliyoti yo始lga qo始yiladi;
• suv omborlari to始g始onlari o始pirilishi oqibatida qutqaruv ishlarini tashkillashtirishida tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma始lumotlar bilan ta始minlash tizimi joriy etiladi.
Mazkur amaliyot va tizim 2023-yil 1-fevralgacha ishga tushiriladi.
Farmonga muvofiq, 2023-yildan respublikaning seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat yoki undan yuqori bo始lgan seriyali qurilishi rejalashtirilgan yoki tanlab olingan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, sifatini ta始minlash hamda kamchiliklarni oldindan bartaraf etish maqsadida vibrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv o始tkazib boriladi.
2022-yil 1 -dekabrgacha respublikadagi barcha sun始iy inshootlar (ko始priklar, tonnellar, estakadalar, temir yo始l ko始priklari va boshqalar) xatlovdan o始tkazilib, yagona raqamlashtirilgan ma始lumotlar bazasi tashkil etiladi.
2023-yil 1-martgacha respublikadagi barcha mavjud sun始iy inshootlarning zilzilabardoshligi bo始yicha elektron texnik pasportlari shakllantiriladi.
2022-yil 1-avgustgacha Suv xo始jaligi vazirligida seysmologik kuzatuvni doimiy tashkillashtirish bo始yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
2022-yil 1-avgustgacha aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so始ng to始g始ri harakat qilishga mustaqil o始rgatish uchun mo始ljallangan mobil ilova ishlab chiqiladi.
2022/2023-o始quv yilidan Namangan muhandislik-qurilish instituti va Farg始ona politexnika institutida “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” ta始lim mutaxassisligi bo始yicha kadrlarni tayyorlash amaliyoti yo始lga qo始yiladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2022/2023-o始quv yilidan “Tarixiy obidalarning seysmik mustahkamligi” ta始lim mutaxassisligi ochiladi.
2022-yil 1-dekabrga qadar respublikadagi seysmik faol, o始rta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni o始zida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn-xarita ishlab chiqiladi.
2023-yil 1-avgustga qadar seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho始kishi kabi omillarni aniqlashga mo始ljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi yaratiladi.