Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Sotsiolingvistika” monografiyasi nashr etildi


Fanlar akademiyasi O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan “Sotsiolingvistika” monografiyasi nashr etildi.

Mazkur monografiya til ijtimoiyligi, tilning ijtimoiy vazifalari, tilda ijtimoiy farqlanish, tilning demografik quvvati, til va jamiyat ta’sirlashuvi, til siyosati, til vaziyati, ikkitillilik va ko‘ptillilik muammolari, til qonunchiligi, davlat tili, rasmiy til, ishchi til, ona tili, etnik til, birinchi til, ikkinchi til, tilning yashash shakllari, sotsiolingvistika bo‘limlari va ijtimoiy tilshunoslikning boshqa muhim tushunchalari tadqiqiqga bag‘ishlangan.

Monografiya tilshunoslar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, pedagog-o‘qituvchilar, filologiya fakultetining bakalavriat va magistratura talabalari, umuman, sotsiolingvistika bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!