馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

So始ngak mozor-qo始rg始oni haqida eshitganmisiz?


So始ngak mozor-qo始rg始oni Toshkent shahridan 100 km shimoli-sharqda, Chotqol tog始 tizmasining dengiz sathidan 850 metr balandlikda, Chorvoq suv omborining janubi-sharqiy sohilida joylashgan. Suv ombor qurilgunga qadar ushbu yodgorlik Chotqol daryosining chap sohilida bo始lgan. U ishga tushirilgandan so始ng boshqa ko始plab yodgorliklar qatori suv ostida qolib ketgan. Kuz faslining ikkinchi yarmida suv sathi pasaygani sari mozor-qo始rg始on hududi ko始rina boshlaydi.

 

Toshkent viloyati xaritasi

O始zR FA Milliy arxeologiya markazi xodimlari F.Maqsudov boshchiligida 2019-yilning noyabr oyida bu yerga bir kunlik tezkor dala izlanishi safari uyushtirib, qabristonning geografik o始rni, umumiy maydoni, qabrlarning shakli o始rganildi. 袗yrim yuzaga chiqib qolgan topilmalarni, shu jumladan, sopol idishlar, temirdan yasalgan xanjar, pichoq, uzangi, so始liq, bir nechta to始qa, yorg始uchoq toshi, temir eritilgan o始choqning devor parchasi va bir necha bosh chanoqlar qo始lga kiritildi.

      

 

 Sopol idishlar, temir buyumlar, yorg始uchoq toshi va o始choq devori

Dekabr oyida esa yana bir kunlik dala tadqiqoti tashkillanib, ikkita qabr ochib o始rganildi. Birinchi qabr mozor-qo始rg始onning janubiy qismida joylashgan. Qabr qo始rg始oni to始liq buzilib ketgan. Shu sababli uning qanday shaklda bo始lganligi noma始lum. Qabr oval shaklida bo始lib, tuproq bilan to始ldirilgan. Uning ichki tomonini o始lchami 180x100 bo始lib, yodgorlikka jiddiy shikast yetganligi sababli chuqurligini aniqlashni imkoni bo始lmadi. Mayit cho始zilgan holatda, bosh tomoni janub-janubi-sharq tomonga qaratib ko始milgan. Uning chap yelkasi tomondan qo始lda yasalgan bir dastali ko始za, uning yuqorirog始ida, boshining chap yonidan esa bir dastali yog始loqi topildi (3-rasm).

 

  

  

Qabr va topilmalari

Ikkinchi qabr birinchi qabrdan shimolroqda bo始lib, uning ham qo始rg始oni to始liq buzilib ketgan. Suv bosishi natijasida qabrning bir qismi ochilib qolgan. Olib borilgan qazishma natijasida qabrning taxminiy o始lchamlarini olishga muvaffaq bo始lingan. U 190x90 sm bo始lib, oval shaklida bo始lgan. Orientatsiyasi esa shimol-shimoli-g始arbdan janub-janubi-sharqqa qaratilgan. Qabr markazida mayitning nisbatan sochilgan qovurg始a, qo始l va oyoq suyaklari aniqlandi. Kalla suyagi esa topilmadi. Mayitning oyoqlari janub-janubi-sharqqa qaratilganini hisobga olib aytganda, bosh qismi unga qarama-qarshi tomonda bo始lgan deyish mumkin. Qabrdan hech qanday buyum topilmadi.

 

2-qabr

Yangi mavsumda yodgorlik va uning atroflarida keng ko始lamli arxeologik nazorat izlanishlari hamda qazishmalar olib borish rejalashtirilmoqda. Chunki yildan yilga yemirilib borayotgan bu qabristondagi ochilib qolgan qabrlar tezlik bilan qazib o始rganilishi kerak. Toshkent viloyati hududida bunday topilmalarning oz uchrashi esa ushbu arxeologik yodgorlikning ahamiyatini yanada orttiradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!