Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Son suyagini intramedullyar osteosintezi uchun qurilma


O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining bir guruh olimlari son suyagini intramedullyar osteosintezi uchun qurilma ishlab chiqdilar.

Ushbu qurilma tibbiy texnika, travmatologiya va ortopediya sohasida qo’llaniladi. U mixning suyak diofizining butun uzunasi bo‘ylab suyak iligi bilan zich aloqasini ta'minlash imkonini beradi.

Naychasimon shakldagi son suyagining intramedullyar osteosintezi uchun qurilma butun uzunasi bo‘ylab tirqishga ega. Tirqish egri chiziqli shaklda bo‘lib, o‘zining o‘rta qismida shunday kengaytirilganki, unga qum soati shaklini berish uchun ushbu tirqishga kengaytirgich o‘rnatish imkoniyati mavjud. Kengaytirgichning chekkalari bo‘ylab chuqurchalar mavjud va kesimda ikki tavrli shaklda bajarilgan. Qurilma yumaloq enlama kesimli yoki sebarga ko‘rinishidagi enlama kesimli qilib bajarilishi mumkin.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!