O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida sport zalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Institut sport zali kapital ta’mirdan chiqarilgach, O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasining qo‘llab-quvvatlashi bilan ko‘pgina qo‘shimcha sport anjomlari bilan boyitildi.
Sport zalining ochilishida O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instiuti Yosh olimlar kengashi va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan qiziqarli taqdimot namoyish etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi sport markazi o‘quvchilari gimnastika bo‘yicha badiiy dastur bilan ishtirok etdilar. Shaxmat-shashka, tennis va balandlikka tortilish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Ishonamizki, sport zali O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti hamda Mikrobilogiya instituti ilmiy xodimlarnining do‘stona musobaqalar o‘tkazishlari va madaniy xordiq chiqarishlari yo‘lida xizmat qiladi, shuningdek ularning ilmiy ishlarida yaxshi natijalarga erishishlarida omil bo‘ladi.