Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishi va yangi Renessans orqali yuzaga keladigan imkoniyatlar" mavzusida seminar tashkil etildi


Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan turkiyalik olim, Saljuq universiteti professori Mustafa Demirji ishtirokida "Sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishi va yangi Renessans orqali yuzaga keladigan imkoniyatlar" mavzusida seminar tashkil etildi.

 

Onlayn va oflayn shaklda bo‘lib o‘tgan seminarda Tarix instituti va boshqa ilmiy muassasalardan 100 ga yaqin olimlar ishtirok etdi.
Ma’ruza davomida sivilizatsiya va madaniyatlarning paydo bo‘lish shartlari va omillariga doir Sharq allomalari Abu Nasr Farobiy, Ibn Haldun, Qozi Said Andalusiy hamda yevropalik olimlar Osvald Shpengler, Nikolay Danilevskiy, Arnold Toynbe, Fernan Brodellarning qarashlari va yondashuvlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.
Mustafa Demirji sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishi bosqichi, yuksalishi va qo‘lashi bilan bog‘liq o‘z fikrlarini taqdim etar ekan, tarixning turli davrlarida yaratilgan madaniyatlarga xos bo‘lgan belgilar, tiplar va madaniyatlarning paydo bo‘lishini belgilaydigan - jamiyat, din, geografiya va iqtisod kabi omillarning alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidladi.
Seminar so‘nggida ma’ruza yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!