O始zR F袗 Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan sariq va qo始ng始ir zang kasalliklariga chidamli, hosildorligi o始rtacha, non bo始lish sifati yuqori bo始lgan “Bardosh” bug始doy navi yaratilgan. Ushbu nav biologik fakultativ tipga mansub, qiltanoqli, bo始yi 85-90 sm, vegetatsiya davri 1 yanvardan hisoblanganda 120 kunga teng, Krasnodar navlariga nisbatan 10 kunga tez pishadi. Ekish muddati oktabr oyining ikkinchi yarmida, ekish me'yori gektariga 180-200 kg. Urug始 kimyoviy ishlov berishni talab qiladi. Ekishdan oldin gektariga 150-200 klogramdan fosforli o始g始it berish yaxshi natija beradi. Navning fakultativ tipga mansubligini e始tiborga olib, azotli o始g始itlarni kuzda berish yoki erta muddatlarda ekish tavsiya etilmaydi. O始g始itga talabchanligi o始rtacha, suvni ko始p talab qilmaydi, vegetatsiya davrida 2-3 marta yengil sug始orish yetarli bo始ladi.

“Bardosh” bug始doy navi 2013-yildan istiqbolli nav sifatida Davlat reestriga kiritilgan. Bu nav SIMMIT xalqaro tashkiloti tomonidan sariq va qo始ng始ir zang kasalliklariga chidamli nav sifatida tan olingan.