Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Sharqshunoslik instituti doktoranti tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi


So‘nggi yillarda yurtimizda ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Shu munosabat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi o‘tkazildi. Quvonarlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti doktoranti Komiljon Rahimov muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi Komiljon Rahimovning mazkur yutug‘i bilan chin dildan muborakbod etadi. Uning kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan zafar va omad tilaydi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!