Germaniyaning Gerda Xenkel fondi homiyligida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti 袗sosiy fondi qo始lyozmalarining elektron katalogi yaratildi va ishga tushirildi. 27-may kuni shunga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.


Ushbu katalog bir necha yildirki, Institutda katalogizatorlar tomonidan sinovdan o始tkazilmoqda. Shuningdek, Institutga tashrif buyurgan mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar bu katalogdan foydalanish imkoniyatiga ega uning ham ilmiylik va qulaylik jihatlarini qayd etadilar.
Elektron katalog Institut 袗sosiy fondidagi barcha qo始lyozmalarning 25 000 dan ortiq tavsiflarini o始z ichiga olgan. Katalogning programmasida istalgan asarni uning nomi yoki muallifining ismini terish bilan soniyalar ichida topish mumkin. Bundan tashqari, Elektron katalog asarlar nusxalarini solishtirish va o始rganish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.
Katalog va aynan loyiha doirasida ishlab chiqilgan uning programmasiga ham mahalliy hamda qo始shni davlatlar ilmiy muaasasa va kutuxonalari qiziqish bildirmoqdalar. Masalan, hozirda Institut beg始araz yordam sifatida boshqa muassasalarga mazkur programmani taqdim etib kelmoqda. Hozirgi kunda Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy markazi, O始zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Xorijdagi O始zbekistonga oid madaniy boyliklar boshqarmasi kabi muassasalar qo始lyozmalar va boshqa artefaktlar tavsiflarini ushbu elektron katalog programmasi bazasida kiritib boshlaganlar.
Yaratilgan Elektron katalog Davlatimiz Rahbari tomonidan imzolangan yozma merosni asrash, o始rganish va targ始ib etishga qaratilgan qator qarorlar bilan to始la hamohang bo始lib, kelgusida O始zbekistondagi boshqa yozma manbalar xazinalari uchun ham bir etalon bo始lib xizmat qilishi shubhasiz. Umid qilamizki, bugun ilm ummoniga suzishga qo始yib yuborilayotgan Elektron katalog jahon ilmiga munosib xizmat qiladi.