Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Sharqiy Osiyo quruqlik biotasining bioxilma-xilligi Federal tadqiqot markazi tashrifi


O‘zR FА Zoologiya instituti va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqiy Osiyo quruqlik biotasining bioxilma-xilligi Federal tadqiqot markazi oʼrtasidagi xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida imzolangan memorandumga asosan, Federal tadqiqot markazi ilmiy xodimlari M.Proshalkin va А.Faterga Zoologiya institutiga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif mobaynida davra suhbati va ilmiy seminarlar tashkil etildi.

 

 

Yarimqattiqqanotli va pardaqanotli hasharotlar turkumiga mansub hasharotlarning tog‘ oldi va cho‘l hududlarida tarqalishi va tur tarkibini oʼrganish bo‘yicha Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysiga hamkorlikda ekspeditsiyalar uyushtirildi.

Shuningdek, tashrif mobaynida Zoologiya instituti Entomologiya kollektsiyasi hamda Tabiat muzeyi Entomologiya fondida mavjud yarimqattiqqanotli va pardaqanotli hasharotlar namunalari tahlil qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!