馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Sharq qo鈥檒yozmalariga bag鈥檌shlangan xalqaro anjuman o鈥檛kazildi


袗vval xabar qilganimizdek, joriy yil 16-19-noyabr kunlari O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va 袗vstriya Fanlar akademiyasi Eronshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo Sharq qo始lyozma madaniyati: qo始lyozmalar madaniy meros va tarixiy manba” (Central Asian Islamic Manuscript Cultures: Manuscripts as Cultural Heritage and Historical Source) mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o始tkazildi. ZOOM platformasi orqali bo始lib o始tgan ushbu anjumanda nafaqat raespublikamizdan, balki 袗vstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Turkiya, Tojikiston, Qozog始iston kabi davlatlardan yetakchi soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar o始z ma始ruzalari bilan ishtirok etdi.

 

袗njumanning yalpi majlisida O始zR F袗 Sharqshunoslik instituti direktori, professor Bahrom 袗bduhalimov so始zga chiqib anjumanni ochib berdi. Shundan so始ng, 袗vstriya Fanlar akademiyasi Eronshunoslik instituti direktori doktor Florian Shvarts nutq so始zlab, anjuman ishtirokchilarini qutladi.

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti professori Charlz Melvill, Gollandiyaning Leyden universiteti professori Yelena Paskaleva ham so始zga chiqib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladilar.

 

袗njuman doirasidagi “O始zbekistonda islom madaniyati, tarixi va san始atini o始rganishning yangi istiqbollari” mavzuidagi akademik Ubaydulla Karimov xotirasiga bag始ishlangan xalqaro anjuman maqolalari to始plamining taqdimoti bo始l o’tdi. To’plam bo’yicha Islom hamkorligi tashkiloti islom tarixi, san始ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bosh direktori professor Mahmud Erol Qilich so始zga chiqib, olib borilayotgan ilmiy hamkorlik ko始lami va ahamiyati hamda ilmiy anjuman haqida alohida to始xtaldi.

Uch kun davom etgan xalqaro anjuman ishida matnlarni tadqiq va nashr qilish, yozma madaniy merosni asrash, ularni o始rganish bo始yicha so始nggi yillarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, istiqbolli loyihalar bo始yicha qiziqarli ma始ruzalar tinglandi, o始zaro fikr almashildi va muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!