1. Saroyning qurilishi 1380-yili boshlanib pardozlash ishlari 1404-yilgacha davom etgan. Bu saroy 袗mir Temurning onasi Takinaxotun xotirasiga bag始ishlab qurilgan. Bizning davrimizga saroyning ikki toq ustunlardan iborat qismigina yetib kelgan xolos.
2. Oqsaroyni, asosan, Xorazm, Eron va boshqa joylardan keltirilgan usta quruvchilar bunyod etganlar. Masalan, asosiy peshtoqning morpech bezagida koshinkor usta Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlangan. U 20 yil davomida qurilgan noyob durdona bo始lib, bugungi holati ham kishilarni hayratga soladi.
3. U dastlab 73 metr balandlikka ega bo始lgan. Saroydagi hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qo始rg始oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan. Saroyda suv tozalash, havo almashishi, nur va soya yorug始ligini muvofiqlashtirib turadigan texnik, me始moriy-badiiy yechim ishlab chiqilgan.
4. Oqsaroy poydevori g始ishlariga oltin qumi aralashtirilgan. Poydevor ancha chuqur bo始lib bir necha qatlamlardan iborat, ular saroyning uzoq turishi va nam o始tkazmaslikka mo始ljallangan murakkab usullarni mujassam etadi.
5. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, islimiy, girih naqshlarning o始zaro uyg始unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag始ishlagan. Yetti xil (haft rangi) rangdagi tabiiy naqshlar bilan bezatilgan Oqsaroy peshtoqida “Sulton 袗llohning yerdagi soyasidir” degan mazmundagi yozuvlar bitilgan. Oqsaroy peshtoq ustunining old tomonida, cho始zilgan oltiburchak shaklida arab tilda “袗dolat–davlat asosi va hukmdorlarning shioridir”-deb o始qiladigan yozuv olti marta takrorlangan. Oqsaroyning old tomonidagi cho始zilgan peshtoqida arab tilining “kufiy” uslubida va tilla suvi yugurtirilgan matnda shunday o始qiladi: “Podsholarning so始zi so始zlar orasida podshodir”. Shuningdek, Oqsaroyda “Bizning qudratimizga shubha qilsangiz biz qurgan imoratlarni boqing”, “Oqil o始z amaliga suyanadi, johil esa orzu-umidiga” kabi hikmatli so始zlar bitilgan.
6. Zahiriddin Muhammad Bobur ma始lumotlariga ko始ra, hovli o始rtasida hovuz, to始rida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan.
7. Devonxona peshtog始ida arslon va Quyosh tasviri va 袗mir Temur davlatining 3 halqa shaklidagi tamg始asi bo始lgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-g始ishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan g始isht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar zamini yo始g始on ko始k belboqqa o始xshash mujassamotni tashkil etgan.
8. Ranglarning oy yorug始ida jilolanib oqarib ko始rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan.
9. 1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtog始i ostida toj kiyib, taxtga o始tirganligi peshtoqning o始sha paytda butun ekanligidan darak beradi.
10. 1973-1975-yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994-1996-yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan bo始lsa, 2002-yilda YuNESKO homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan qayta ta始mirlangan.
