Bugun, 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy аrxeologiya markazida Markaz yetakchi ilmiy xodimi Margarita Ivanovna Filanovich tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Shaharlar va yangi qurilish inshootlarida arxeologik tadqiqotlar muammolari” mavzusida хalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminarda Markaz xodimlari, olimaning hamkasblari, shogirdlari, shuningdek, Fransiya va Rossiyadan yetakchi soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminarda so’zga chiqqanlar olimaning ilmiy ishlari va faoliyati, ilmiy maktabi haqida haqida gapirar ekanlar, uning kasbiga fidoyiligini alohida ta’kidlashdi. Qutlug’ yoshi bilan tabrikladilar.
Shuningdek, seminarda tadqiqotning dolzarb masalalari va muammolari, shuningdek, shahar muhitida arxeologik yodgorliklarni saqlash, zamonaviy shaharlar doirasida arxeologik tadqiqotlar olib borish metodologiyasi ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, shaharlar va unga tutash tumanlar zonalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari va asosiy muammolar muhokama qilindi.
Ilmiy seminar yakunida barcha ishtirokchilar va mehmonlarga “Filanovich Margaita Ivanovna. Bibliografiya”si tarqatildi.