O始zR F袗 G始.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutiga Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika markazi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir-a始zosi 袗natoliy 袗leksandrovich Solovyev, Geofizika markazi ilmiy kotibi, f.-m.f.n. Roman Igoryevich Krasnoperov hamda Geofizika markazi katta ilmiy xodimi, f.-m.f.n. Roman Viktorovich Sidorovlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif 2019-yil 21-oktyabrda tuzilgan ilmiy-texnik hamkorlik to始g始risidagi shartnoma asosida amalga oshirildi.
Institut ilmiy seminarida delegatsiya a始zolari elektromagnetizm sohasiga oid ma始ruzalar bilan ishtirok etib, o始zaro fikr-mulohazalar almashildi. Hamkorlik to始g始risidagi shartnoma asosida kelgusida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlari, Seysmologiya instituti yosh olimlarining malakasini oshirish bo始yicha kelishib olindi.
Tashrif davomida delegatsiya a始zolari bilan birgalikda “Yangibozor” magnit-ionosfera obervatoriyasida doimiy kuzatuv ishlarini olib borish maqsadida zamonaviy magnitometrlar o始rnatiladigan joylar dala kuzatuv ishlari asosida tekshiruvdan o始tkazildi.

Uskunalar o始rnatilishi mumkin bo始lgan pavil褜onlar tanlandi. Keyingi bosqichda qilinadigan ishlar rejasi kelishib olindi.