Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seysmologik to’lqinlarni aniqlashda ishlatiladigan qurilma yaratildi


Yangi qurilma muhandislik stansiyalari tarkibidagi seysmologik tadqiqotlarda, sanoat portlashlarida seysmoportlash to'lqinlari ta'sirining intensivligini baholashda, ishlab chiqarishda obyektlarga mashinalar va mexanizmlardan kelayotgan vibrasion to'lqinlar ta'sirini baholashda ishlatiladi.

Ushbu qurilma korpus, korpus qopqog'iga osilgan signallarni uzatish liniyasi bo'ylab ma'lumotlarga ishlov berish blokiga ulangan sezgir tenzoelementli yupqa elastik plastinadan iborat. Yupqa elastik plastinaning ikkinchi uchiga inersion massa bikr mahkamlangan, tenzorezistor ko'rinishidagi sezgir tenzoelement esa yupqa elastik plastinaning o'rta qismiga mahkamlangan.

Qurilma O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Urazbaev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti mutaxassislari Sagdiyev Xamidulla, Teshaboyev Zoxidjon va Galiaskarov Viktorlar tomonidan yaratilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!