F袗 G始.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida O始zbekiston Respublikasining 2021-yil 13-sentyabrda qabul qilingan "O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash to始g始risida"gi O始RQ-713-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag始ishlangan davra suhbati o始tkazildi. Unda F袗 Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi olimlari, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo始mitasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Davra suhbatida seysmik xavf-xatarni (riskni) baholash va zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlash hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi, ularda kuzatuv ishlarini olib borish bo始yicha Qonunda belgilangan talablar, O始zbekiston hududida seysmik xavfsizlikni ta始minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni Qonun doirasida amalga oshirish, shuningdek, Qonunda belgilangan davlat organlarining vakolatlari hamda ularning mazkur Qonun ijrosini ta始minlash borasidagi o始zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi va o始zaro fikr almashildi.
