Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seysmik xavfsizlikni taʼminlashda kosmik tadqiqotlardan foydalanish


Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Yaponiyaning “Synspective” kompaniyasining imkoniyatlari va ko‘rsatiladigan xizmatlari borasida taqdimot o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-son Farmoni bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ilg‘or radar sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanish rejalashtirilganligini inobatga olib, “O‘zbekkosmos” agentligi mazkur yo‘nalishda ulkan tajribaga ega bo‘lgan Yaponiyaning “Synspective” kompaniyasini mamlakatimizga tashrifini tashkillashtirdi.

“O‘zbekkosmos” agentligi va tegishli manfaatdor vazirlik va idoralar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan birgalikda ushbu taqdimotdan tegishli xulosa chiqargan holda, kelgusida seysmik faol zonalardagi bino va inshootlar joylashgan maydonlarning zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni aniqlash va suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini radiolokatsion kosmik monitoring qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarini belgilab olishdi.

Ma’lumot uchun: “Synspective” kompaniyasi radar sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqarish bilan bir qatorda, turli iqtisodiyot sohalari uchun kosmik suratlarni, shu jumladan radiolokatsion kosmik suratlarni tahlil qilish orqali universal xizmatlar va yechimlar taklif etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!