“O始zbekistonning Samarqand viloyati noyob va yo始qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlari kadastri (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar)” nashrdan chiqdi. O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti jamoasining ilmiy faoliyati natijasida tayyorlangan qo始llanma "EFFECT-D" nashriyot uyida chop qilindi.

Qo始llanma Samarqand viloyati noyob va yo始qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlari kadastr ma始lumotlariga bag始ishlangan. Unda 5 turdagi sudralib yuruvchilar, 47 turdagi qushlar va 13 turdagi sutemizuvchilarning zamonaviy maqomi, hududiy taqsimlanishi, uchrash biotoplarining holati, mavjud xavflar va ularni muhofaza qilishga doir tavsiyalar keltirilgan. Turlar tavsifi hayvonlar uchratilgan joylari xaritalari bilan birgalikda ishlangan. Ushbu qo始llanma zoolog mutaxassislar, ekologlar, ovshunoslar, talabalar, tabiatni muhofaza qilish xodimlari, shuningdek, Samarqand viloyati hududidagi noyob va yo始qolib ketayotgan hayvonlar muhofazasi va holatiga qiziquvchilar uchun mo始ljallangan.