Jomboy tumani 51-maktabning tarix fani o始qituvchisi Muhriddin Xolsaidov Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti ma始muriyatiga G始o始bdin tog始ida joylashgan Yetimsoy darasida bir nechta qoyatosh suratlarini aniqlagani haqida murojaat qildi. SamDU 袗rxeologiya kafedrasi dotsenti O. Ergashev va O始zF袗 Milliy 袗rxeologiya Markazi Samarqand 袗rxeologiya instituti katta ilmiy xodimi B. Sayfullaevlar mazkur ma始lumot asosida M. Xolsaidov, O始. Qobilovlar hamrohligida G始o始bdin tog始ining Bulung始ur tumaniga qarashli bo始lgan Yetimsoy darasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida qoyatosh suratlari bilan birga Bot-bot qishlog始i xududida tosh davriga oid makon aniqlandi. Yer yuzasidan tosh davriga oid chaqmoqtosh, slanets va kvartsdan ishlangan bir nechta tosh buyumlar qo始lga kiritildi. Mutaxassislar dastlabki kuzatuv ishlari va qo始lga kiritilgan artefaktlarga asoslanib, mintaqani arxeologik jihatdan tadqiq qilish muhim istiqbolga ega ekanligini ta始kidlashmoqda.


