馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

S邪hrod邪 ruhi m邪ngu yash邪ydig邪n 邪vliyo



Keyingi yillarda ma始naviy-madaniy merosga yangicha yondashish va fikrlash taqozosi tufayli bizga noma始lum bo始lgan ko始pgina qadimiy yodgorliklari o始rganilmoqda, hayotga keng tadbiq etilmoqda. 袗mmo, cho始l hududlari mahalliy aholisi muqaddas qadamjolari hozirgacha mukammal o始rganilmagan. Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limida joriy yilning 22-23-avgust kunlari “Jonajon O始zbekistonim mangu bo始l omon!” shiori ostida O始zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag始ishlab “Qanorboy ota – Qizilqum sahrosi aziz avliyolaridan biridir” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar xuddi ana shu mavzuga bag始ishlandi.
O始zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqorolik jamiyatining boshqa institutlarini qo始llab – quvvatlash jamoat fondining “Qanorboy ota - qadamjosi qutlug始 ziyoratgohga aylanib ketgan aziz-avliyolardan biridir” mavzusidagi loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirning birinchi kuni Navoiy davlat konchilik institutining majlislar zalida bo始lib o始tdi. Unda O始zbekiston Respublikasi F袗 Yosh olimlari, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o始qituvchilari, Navoiy viloyati NNTlari rahbarlari hamda Xitoy halq Respublikasi “OYaS袗” kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi. 
Tadbirni ochgan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi raisi g-m. f. d. 袗bdurazak Mirzaev Xitoyning “OYaS袗” kompaniyasi bilan tuzilishi kutilayotgan shartnoma haqida so始zlab berdi. Kompaniya direktori Renhu Vang o始z tabrik so始zida seminar ishtirokchilarini O始zbekiston-Xitoy aloqalarining yanada mustahkamlanayotgani bilan qutladi. O始zbekiston Respublikasi NNT Milliy assotsiatsiyasi Navoiy bo始limi raisi Klara Babakulova Uchquduq tumani “Qanorboy ota” xayriya jamoat fondining loyiha doirasida qilingan ishlariga to始xtalar ekan, O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatimizdagi demokratik yangilanish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PF-5430-sonli farmonida ko始rsatilgan nodavlat notijorat tashkilotlarni bilan hamkorlik qilish to始g始risidagi topshiriqlarning ijrosini ta始minlayotgan Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limiga minnatdorchilik bildirdi. 
Tadbir ishtirokchilariga Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi katta ilmiy xodimi, f.f.n., dotsent Muhabbat Yuldosheva tomonidan o始zbek, qozoq, rus tillarida chop ettirilgan “Qanorboy ota” risolasi va bukletlar sovg始a qilindi. O始zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi a始zosi, Navoiylik rassom Naim Qodir chizgan Qanorboy otaning portreti Qanorboy ota qadamjosi imom-xatibi, Qanorboy otaning nabirasi Duysen Uderbaevga sovg始a qilindi. Ushbu portret bo始lajak “Qanorboy ota” muzeyining birinchi eksponati bo始ladi.
Ilmiy-amaliy seminar dasturi asosida tadbirdan so始ng Uchquduq tumanidagi Qanorboy ota qadamjosiga ziyorat uyushtiriladi.
Uchquduq tumanida joylashgan Qanorboy ota qadamjosida 23 avgust o始tkazilgan tadbirda Uchquduq tumani hokimi o始rinbosarlari M.Shamuratov, 袗.Bazarov, Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi olimlari, O始zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Uchquduq tumani yetakchilari, Nuroniylar va ziyoratchilar ishtirok etishdi.
- Navoiyga kelgunimga qadar bunday qadamjo borligini bilmas edim, - dedi F袗 Yosh olimlar kengashi rais o始rinbosari f.f.n., dotsent G.Tillaeva. - Kecha ziyoratga kelib Qanorboy otani tarixiy shaxs sifatida yanada chuqurroq o始rganish va uning muqaddas qadamjosi binolarini termitga qarshi davo choralarini topishda Fanlar akademiyasi yosh olimlarini jalb etishni ko始nglimga tugib ketmoqdaman.
- Bunday bebaho merosiy qadriyatlarimizni xalqimiz, avvalo yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirish lozim, - davom etdi Navoiy viloyati “Meros” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari F.Qodirova.
Uchrashuvda, “Qanorboy ota” ziyoratgohiga kelgan mehmonlarga to始liq shart-sharoit yaratish maqsadida, Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi hamda “Qanorboy ota” xayriya jamoat fondi tomonidan mazkur ziyoratgohga quyosh batareyalari o始rnatilganligi hususida gapirildi. Biroq, bu borada hali ko始pgina hayrli ishlar qilinishi kerakligi ta始kidlandi. Va yana, Qizilqum xududida yashab o始tgan abadiy uyquga ketgan bo始lsada ruhlari mangu tirik bo始lgan boshqa atoqli shaxslarni o始rganishga diqqatni qaratilishi kerakligiga hususida alohida urg始u berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!