Gripp kasalligini davolashdagi asosiy muammo shundaki, virusning son-sanoqsiz shtammlari mavjud va ular doimo o‘zgarib turadi. Kecha ta’sir etgan dori vositasi bugungi kunda ko‘pincha ijobiy samara bermaydi. Buning asosiy sababi ko‘pchilik preparatlar ta’sir ko‘rsatish mexanizmiga ko‘ra interferon induktori hisoblanib, bu viruslarning ushbu preparatga nisbatan chidamli formalarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Bundan xalos bo‘lishning yagona yo‘li preparatlarning viruslarga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va interferon induktori sifatida kompleks ta’sir ko‘rsatish samarasi hisoblanib, bu oxir oqibat viruslarning batamom yo‘q bo‘lishiga olib keladi. O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan, gripp virusining turli shtammlariga nisbatan samarali ta’sirga ega bo‘lgan, zamonaviy tibbiyotda qo‘llaniluvchi analoglari bilan raqobatlasha oladigan viruslarga qarshi Rutan preparati aynan ana shunday xossaga ega. Rutan preparatining asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddasi polifenollar sinfiga kiruvchi gallo- va ellagotanninlar bo‘lib, u totum o‘simligi barglaridan maxsus usulda ajratib olinadi va keraksiz moddalardan tozalanadi. Preparat klinik sinovlardan muvaffaqqiyatli o‘tgan va 2015-yildan tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat berilgan.
Shamollash va gripp epidemiyasi davrida Rutan dori vositasini qabul qilishning o‘zi kifoya bo‘lib, bu davrda ushbu kasalliklar bilan og‘rish xavfi yetarli darajada pasayadi. Rutan preparatning afzalligi shundaki u umuman zararsiz, organizmga yumshoq terapevtik ta’sir ko‘rsatadi va nojo‘ya ta’sirlarga ega emas. Preparatning bu xossalar yosh bolalar va keksalarni davolashda ayniqsa asosiy omil hisoblanadi. Rutan preparatini bolalarda 6 yoshdan boshlab qo‘llash mumkin. Preparat viruslarga qarshi yaqqol faollikka ega bo‘lib, A va V gripp virusi shtammlariga, adenoviruslarga, gerpes virusiga, tsitomegaloviruslarga, paramiksoviruslarga va boshqalarga ta’sir ko‘rsatadi.
“Rossiya tibbiy-biologik federal agentligining Immunologiya instituti” Davlat ilmiy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Virusologiya instituti hamda patalogo-anotomik markazlari bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Rutan preparati faolligi jihatidan zamonoviy tibbiyotda interferon induktsiyalovchi va viruslarga qarshi qo‘llaniluvchi Amiksin, Zoviraks, Remantadin kabi dori vositalaridan ustunlikka ega, ulardan farqli ravishda nojo‘ya ta’sirlarga hamda kumulyativ xossalargaa ega emas.
Preparatni grippning odlini olish uchun profilaktik maqsadlarida ham qo‘llash mumkin. Profilaktik maqsadlarda preparatni infektsiya keng tarqalgan vaqtda, shu jumladan infektsiya bilan zararlangan odamlar bilan muloqot qilgandan keyin ham qo‘llash mumkin.