Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Rossiya Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Genomika va bioinformatika markazida


27-aprel kuni Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik A.M.Sergeyev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida ham bo‘lishdi.

Mehmonlar Markaz direktori I.Yu.Abduraxmonov bilan uchrashdi. Ular Markaz faoliyati hamda u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

  

Undan so‘ng anjumanlar zalida FA vitse-prezidentlari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Rossiya FA prezidenti A.M.Sergeyev O‘zbekiston va Rossiya Fanlar akademiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik tobora rivojlanib borayoitganligi va hamkorlik yo‘nalishlarini yanada kengaytirish kerakligini ta’kidladi.

Bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari kelishib olindi. Akademik A.M.Sergeyev samimiy uchrashuv uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda kelgusidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga umid bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!