Bugun, 29-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Fanlar akademiyasi Axborot xizmati tomonidan Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov ishtirokida brifing o’tkazildi. Unda respublikamizda termitlarning tarqalishi, zarari va termitlarga qarshi kurash ishlari haqida ma’lumot berildi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida iqlim o始zgarishlarining keskinlashuvi, havo haroratining ko始tarilishi hamda antropogen omillarning avj olishi natijasida termitlar o始z tabiiy yashash makonlaridan aholi turar joylari, tarixiy madaniy obidalar, strategik ahamiyatga ega obyekt hududlariga ko始chib, ularning yog始och konstruktsiya qurilmalariga jiddiy zarar keltirmoqda.
Termitlar masalasi dunyo miqyosidagi yirik muammolardan hisoblanib, ular tufayli bino va inshootlarga juda katta zarar yetmoqda. Hozirgi ma始lumotlarga ko始ra, termitlarning har yili keltiradigan zarari dunyo miqyosida 40 milliard 袗QSh dollarini tashkil qilmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz hududida aholi turar joylarini, tarixiy-madaniy obidalar, ijtimoiy soha obyektlari va inshootlardagi yog始och-taxta qurilish materiallariga hamda xalqimizning bir necha asrlardan beri avloddan avlodga o始tib kelayotgan noyob xalq amaliy san始ati durdonalari hisoblangan yog始och o始ymakorligi san始at ishlanmalarini termitlar kuchli zararlab, misli ko始rilmagan darajada zarar keltirmoqda va favqulotda holatlar kelib chiqishiga sabab bo始lmoqda.
Dunyoda termitlarning 3000 ga yaqin turi mavjud bo始lib, O始zbekistonda termitlarning 2 turi Turkiston termiti Anacanthotermes turkestanicus Jacobs., 1904 hamda katta Kaspiy orti termiti Anacanthotermes ahngerianus Jacobs., 1904 turlari respublikamizning deyarli barcha viloyat hududlarida keng tarqalgan.
Respublikamizda termitlarning zararli faoliyati yuzasidan olib borilgan monitoring ishlaridan so始ngi ma始lumotlarga ko始ra respublika bo始yicha:
袗holi turar joylarida – 18 958 ta holat;
Madaniy-tarixiy obidalarda – 46 ta holat;
Strategik ahamiyatga ega bo始lgan obyektlarda-15 ta holat;
Ijtimoiy soha ob始ektlarida – 98 ta holat;
Dala va cho始l zonalari, qabristonlar va boshqa ochiq joylarda – 1082 ga maydonlar termitlarning mavjudligi aniqilangan.
Bunda, Qoraqalpog始iston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari termitlar tomonidan kuchli zararlangan hududlar hisoblanadi.
Madaniy-tarixiy obyektlarda termitlarning zarari xususida to始xtalib o始tadigan bo始lsak:
Misol uchun, bugungi kunda respublikamiz hududidagi Butunjahon madaniy merosi ro始yxatiga kiritilgan, YuNESKO muhofazasidagi “Ichan-Qal始a” tarixiy yodgorlik majmuyidagi 33 ta tarixiy obidaning yog始och o始ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Jumladan, Juma masjid muzeyi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar termitlardan kuchli zararlangan.
Termiz tumanidagi I-III asrlarga tegishli Buddaviylik ziyoratgohlaridan biri Fayoztepa obidasi hududining 100% termitlar bilan zararlangan;
Surxondaryodagi 袗l Xakim 袗t-Termiziy, Qashqadaryodagi Xazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Xasan-Xusan ziyoratgohi va Qoraqalpog始iston Respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida termitlarning zararli faoliyati qayd etilgan.
Hukumatimiz tomonidan termitlarning zararli faoliyatini bartaraf etish va termitlarga qarshi kurash choralarini izchil yo始lga qo始yish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari qabul qilingan. Jumladan:
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-fevraldagi, “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to始g始risida”gi 27-sonli qarori bilan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzurida “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat muassasi tashkil etilgan.
“Respublika termitlarga qarshi kurashish Markazi” faoliyati davomida termitlarga qarshi kurashish vositalarini yaratish va usullarini ishlab chiqish borasida ko始plab ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilgan bo始lib, bugungi kunda ham Markaz tomonidan termitlarga qarshi samarali vositalardan biri bo始lgan zaharli yem-xo始raklarning yangi sanoat namunalari yaratilib, amaliyotga keng joriy etilmoqda.
Markaz tomonidan bugungi kungacha 180 000 ga yaqin termitlarga qarshi zaxarli yem-xo始rkalar ishlab chiqarilgan bo始lib, Shunda:
袗holi turar joylariga – 160 000;
Madaniy-tarixiy obidalarda – 10 000;
Ijtimoiy soha ob始ektlarida – 7 500;
Strategik ahamiyatga ega bo始lgan obyektlarda- 2300 ga yaqin yem-xo始raklar o始rnatildi va ushbu o始rnatilgan xududlarda termitlarning zarari bartaraf etildi. (2014-2021 yy.)
O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati Xiva shahrining “Mevaston”, “Kaptarxona”, “Qumyaska”, “Yangi turmush”, “Kalta minor” va “Ichan Qal始a” mahallalaridagi aholi turar joylari, madaniy-tarixiy obidalar, strategik ahamiyatga ega bo始lgan ob始ektlar, ishlab chiqarish binolari, inshootlar va boshqa turdagi obyektlarga zarar yetkazayotgan termitlar tarqalishini oldini olish hamda ularga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish” maqsadida 2022-yil 25-fevral 89-F-sonli Farmoyishi qabul qilindi.