Bugun, 15-iyun kuni O始zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo始mitasi, O始zbekiston Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida 袗xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2019-2028-yillar davrida O始zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani o始tkazildi.

Ta始kidlanganidek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta始minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur始atlarini pasaytirish, hayvonlar va o始simliklarning kamyob va yo始qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo始nalishda Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha tanishtirib o始tildi:
• Zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS-texnologiyalar) asosida bioxilma-xillik o始simliklarning davlat monitoringi va davlat kadastri yuritilib, hozirgi kunda Jizzax, Navoiy, Samarqand, Kashqadaryo va Buxoro viloyatlarining noyob va yo始qolib ketish xavfi ostidagi o始simliklarning kadastri monografiyasi nashr etildi.
• To始r tizimli metod asosida O始zbekiston Respublikasining florasi kompleks o始rganilib O始zbekiston florasi monografiyasining yangi tahrirdagi 3 jildi nashr etildi va 4-5 jildlari nashr uchun tayyorlandi.
• Botanika instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan DNK-shtrix-kodlash texnologiyasidan foydalangan holda xozirgacha O始zbekistonning noyob va yo始qolib ketish xavfi ostida bo始lgan 5 turkumga mansub 41 o始simlik turlari 66 ta namunada barkodlandi va Genbank (NCBI) tizimiga joylandi hamda ularni xalqaro identifikatsiya qilish imkonini beruvchi tegishli raqamlar olindi.
Fanlar akademiyasi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda Qizil kitobni yuritish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, yangi tahrirdagi hayvonot olami bo始yicha Qizil kitobning noyob va yo始qolib ketish xavfi ostida turgan turlari ro始yxatiga 209 ta tur, shundan 21 ta tur qo始shimcha ravishda kiritildi va 12 ta turning maqomi o始zgartirildi.