馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Respublikamiz florasini o始rganish va muhofaza qilish bo始yicha aniq vazifalar belgilandi


O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2020-yil 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo始mitasida olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan o始tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta始minlash maqsadida O始zR F袗 Botanika institutida O始zbekiston Respublikasi O始rmon xo始jaligi davlat qo始mitasi rahbar xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Botanika instituti olimlari tomonidan taklif etilgan loyihalarni o始rmon fondi yerlarida qo始llanilishi, bioxilma-xillikni muhofaza qilish va o始rmon xo始jaligini iqtisodiy samaradorligini oshirish, O始rmon 褏o始jaligi fondi yerlarida kadastr faoliyatini yuritish va amaliyotga joriy etish bo始yicha ma始lumotlar, takliflar berildi. Taklif etilgan loyihalar bo始yicha O始rmon xo始jaligi xodimlari hamda Institut olimlari o始rtasida fikr almashildi.

  

Uchrashuv so始nggida Institut xodimlari tomonidan taklif etilgan O始zbekiston Respublikasi o始rmon fondi yaylov resurslarining elektron-raqamli va geoinformatsion bazasini yaratish (I etap: Qo始ng始irot ov-o始rmon xo始jaligi yaylovlari), Jizzax viloyati o始rmon xo始jaliklaridagi fitopatogen zamburug始larni G袗T xaritalari, ma始lumotlar bazasini yaratish va kasalliklar rivojlanishini erta bosqichlarda tashxislashning molekulyar-genetik usullarini ishlab chiqish hamda o始rmon fondi yerlarida tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) tabiiy zahiralarining raqamli xaritasini yaratish loyihalari O始rmon xo始jaligi davlat qo始mitasi rahbariyati tomonidan yana bir bor o始rganib chiqilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish bo始yicha kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!