Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi Qoraqalpog‘istonda o‘quv seminari tashkil etdi


Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida, tuman hokimliklari, Mahallalar ubshmasi va boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida “Termitlarga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirishda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.  
O‘tkazilgan o‘quv seminarining nazariy qismida, termit hasharoti, uning bioekologik hususiyatlari, termitlarning tarqalishi va zararli  ta’siri, termitlardan zararlanishning oldini olish chora-tadbirlari, termitlarga qarshi kurashish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida termitlar tarqalishining bugungi  kundagi holati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanib, taqdimnomalar va kinofilmlar namoyish etildi.

 

Seminarning amaliy qismida termitlarga qarshi kurashishning asosiy usullari va vositalari ulardan foylanish, jumladan, Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi tomonidan ishlab chiqarilayotlan termitlarga qarshi kurashish vositalari, ularning hususiyatlari va termitlarga qarshi yem-xo‘raklardan to‘g‘ri foydalanish va ularning samaradorligi kabi masalalarda o‘quv-amaliy, ko‘rgazmalar taqdim qilindi.  Markaz xodimlari tomonidan termitlarga qarshi kurashish usullari va vasitalari to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi va namuna sifatida termitlardan zararlangan xonadonlarda yetrmitlarga qarshi yem-xo‘raklardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

 Shuningdek, o‘tkazilgan seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, tuman hokimliklari hamda barcha ma’sul tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!