袗vval xabar berganimizdek, 2021-yil 12-14-may kunlari O始zbekiston Fanlar akademiyasi 袗stronomiya institutida IWRAG-2021 Relyativistik astrofizika va gravitatsiya bo始yicha xalqaro onlayn konferensiya bo始lib o始tdi. Unda 2016-yilda yaratilgan gravitatsion to始lqinlar astronomiyasi, 2017-yilda paydo bo始lgan ko始p kanalli astronomiya, mamlakatimizda ilk yaratilayotgan rentgen astronomiya, radio astronomiya, yadro astrofizikasi, neytron yulduzlar va qora o始ralar astrofizikasiga tegishli mavzularda 43 ta ma始ruzalar tinglandi hamda muhokama qilindi.

3 kun davom etgan konferensiyada dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan qatnashgan 100 ga yaqin yetakchi olimlar astrofizika va astronomiyaga tegishli mavzularda o始zaro fikr almashdilar. Plenar ma始ruzalar matnlari Germaniyaning Shpringer nashriyotidagi jurnalida 21 ta ilmiy maqola sifatida chop etiladi.