Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“REFERENDUM-2023: KELAJAGING UCHUN OVOZ BER” shiori ostida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida o‘tkazilgan tadbir haqida


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgarishlar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda institut direktori K.S. Sultanov so‘zga chiqib, Konstitusiyaviy islohotlar mamlakat va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida to‘xtalib, ushbu siyosiy  jarayonda ilmiy xodimlarning ishtiroki va o‘rni tushintirib o‘tildi. Shu o‘rinda bo‘lajak doktorantlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida qanday o‘rin tutishi, o‘z kasbining mutaxasisi bo‘lib yetishishi uchun nimalar qilishi va qanday bilimlarni egallashi bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng Institut imiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.R. Xudayquliyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan o‘zgarishlar mamlakat va jamiyat hayotida muhim hujjat ekanligi, ushbu hujjat millat ravnaqi hamda davlatchilik poydevorining mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etish bilan birga quyidagi fikirlarni bildirdi.

“Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan muhim siyosiy jarayonlardan biri Konstitusiyaviy o‘zgarishlarni muhokamadan o‘tkazish jarayonining faol olib borilayotganligi deyishimiz mumkun. Chunki Konstitusiyaviy o‘zgarishlar mamlakat taraqqiyoti, jamiyat osoyishtaligi va undagi insonlar hayot tarzining ravnaqi uchun xizmat qiluvchi muhim hujjat hisoblanadi.

Ahamiyati jihatidan tarixiy bo‘lgan hujjatlar qatoriga «Mustaqillik deklaratsiyasi», «O‘zbekistan Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi qaror, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun va albatta, Asosiy Qonunimiz — Konstitusiyamizni alohida ehtirom bilan tilga olamiz” deydi ma’ruzachi.

  Yangi tahrirdagi Konistitusiya loyihasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb etirof etilgan. Bu degani ushbu mamlakatdagi har bir fuqaro o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lib, u davlatchilik rivojida o‘zining intellektual salohiyati bilan to‘laqonli ishtirok eta olishini anglatadi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!