Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar (https://www.facebook.com/ol.ga.rahimova.250616/posts/pfbid03YcdRDdefADDCzfVkDKeWyWvoGqsCJ36nzhsApULN3Ht9oFUp4gtaWRpicSxwgQDl) bo‘yicha О‘zbekistogn Respublikasi Fanlar akademiyasi mazkur holatni belgilangan tartibda о‘rganib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi:
О‘zbekistogn Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i о‘simlik dunyosini va uning genetik fondini saqlab qolish, kamyob va yо‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda о‘suvchi о‘simlik turlarini hujjatlashtirilgan jonli kolleksiyalarini tashkil etish orqali sun’iy yaratilgan sharoitlarda tadqiq etish, о‘zga tabiiy-iqlim sharoitiga mansub о‘simlik turlarini iqlimlashtirish va takror kо‘paytirish maqsadida tashkil etilgan. Botanika bog‘ining mohiyatidan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqotlar olib borish, о‘simlik dunyosini muhofaza qilish, о‘simlik turlarining jonli kolleksiyalarini namoyish etish va biologik xilma-xillik borasidagi bilimlarni targ‘ib qilish vazifalari yuklatilgan.

Ayni paytda Toshkent botanika bog‘ida reja asosida sanitar tozalash va kesish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar, avvalo, bog‘ hududidagi noyob va qimmatli о‘simliklar kolleksiyalarining sog‘lom holatini saqlash, ularning barqaror о‘sishi va rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, fitosanitar holatni yaxshilashga qaratilgan.
Shu bilan birga, qurib qolgan, shikastlangan yoki kasallangan daraxt va butalarni bartaraf etish orqali tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini olish maqsad qilingan. Barcha ishlar sohaning malakali mutaxassislari ishtiroki asosida, belgilangan me’yor va qoidalarga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirilmoqda.
Sanitar tozalash: Daraxt va butalarning tabiiy o‘sishiga xalaqit beruvchi hamda zararkunandalar ko‘payishiga sabab bo‘luvchi qurigan shox-shabbalari bartaraf etiladi. Bu o‘simliklarning fiziologik yashash muddatini uzaytirishga xizmat qiladi;
Agrotexnik tadbirlar: Ekspozitsiyalardagi madaniy va noyob o‘simlik turlarini begona (agressiv) o‘tlardan tozalash ishlari bog‘ning umumiy ekotizimiga zarar yetkazmagan holda, tanlov asosida olib boriladi.
Ushbu tadbirlar bog‘ning o‘rmon turi bo‘lgan tabiiy qatlamli tuzilishini buzishga emas, aksincha, bioxilma-xillikni saqlab qolish va fitosanitar barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Toshkent Botanika bog‘i Markaziy Osiyodagi birinchi tashkil etilgan ilmiy markaz hisoblanadi va 100 yildan ortiq tarixga ega ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida о‘simlik xilma-xilligi obyektlarini keng kо‘lamli о‘rganish, muhofaza etish va obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish obyektlarini yangi turlardagi assortiment bilan davriy ravishda ta’minlab kelishda beqiyos ahamiyatga ega bо‘lib kelmoqda. Ayni paytda Botanika bog‘ining ilmiy kolleksiyalarida 2450 dan ortiq о‘simlik turlari bor. Bundan tashqari, bog‘ О‘zbekistonda milliy qizil kitobga kiritilgan 40 dan ortiq noyob va endem turlari saqlab kelayotgan yagona ilmiy maskan hisoblanadi.