馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

鈥淥始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash to始g始risida鈥漡i qonuni imzolandi


“O始zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta始minlash to始g始risida”gi qonuni imzolandi. Qonun 5 bob, 26 moddadan iborat. Qonunda Vazirlar Mahkamasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi hamda davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni ta始minlash sohasidagi vakolatlari belgilab berildi.

Unga ko始ra:

- Vazirlar Mahkamasi mas始ul davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, seysmik xavf darajasini kamaytirish bo始yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qiladi.

- Seysmik xavfsizlikni ta始minlash obyektlari ahamiyatiga ko始ra 4 ta toifaga bo始linmoqda:

* xavflilik omili past (I toifa, vaqtincha pavilyonlar, kioskalar, omborlar v.b.);

* o始rta (II, yakka tartibdagi uy-joylar (3 qavatgacha), oromgohlar, umumiy ovqatlanish v.b.);

* yuqori (III, ko始priklar, tonnellar, yo始l o始tkazgichlar, o始rta va ko始p qavatli (3 va undan yuqori) uylar hamda mehmonxonalar, ta始lim muassasalari v.b.);

* o始ta yuqori (IV, suv omborlari to始g始onlari, GESlar, mudofaa obyektlari, radiaktiv moddalarni saqlash, tozalash va ko始mish obyektlari v.b.);

- Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo始yicha tekshiruv va monitoringni o始tkazishning quyidagi tartibi o始rnatilmoqda:

* II–IV toifa obyektlari har besh yilda seysmik mustahkamlik bo始yicha vizual tekshiruvdan o始tkaziladi;

* III–IV toifa obyektlari har o始n yilda seysmik mustahkamlik bo始yicha instrumental texnik tekshiruvdan o始tkaziladi;

* suv omborlari to始g始onlari va gidroelektr stantsiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o始tkaziladi;

* har bir kuchli zilziladan so始ng (5,0 magnitudali) suv omborlari to始g始onlarida zudlik bilan instrumental texnik tekshiruvlar o始tkaziladi.

- Kuchli zilzilalar natijasida zarar ko始rgan obyektlarni tiklash Davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari mablag始lari va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

- Fuqarolarning seysmik xavfsizlikni ta始minlash sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilangan.

Eslatib o始tamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Senatining 31-iyul kungi XVII yalpi majlisida ma始qullangan edi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!