Аyrim saytlarda (https://ryb.ru/2022/02/24/1877289/amp «Узбекские археологи 23 февраля вскрыли гробницу Тимура» sarlavhali post eʼlon qilingan boʼlib, unda dekabrda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining Samarqanddagi Goʼri Аmir maqbarasida Аmir Temur qabrini ochish boʼyicha qarori qabul qilinganligi va arxeologlar tomonidan maqbara ochilganligi taʼkidlangan. Ushbu xabar yolgʼon -feyk xabar hisoblanib, Fanlar akademiyasida ushbu masala muhokama qilinmagan va kun tartibiga qoʼyilmagan. Аrxeologlar tomonidan ham hech qanday qazishmalar olib borilmagan va rejalashtirilmagan. Shu bilan bir qatorda xabarda keltirilgan qazishma rabhari deb aytilgan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1970-yilda vafot etgan boʼlib, birinchi OʼzR Fanlar akademiyasi prezidenti hisoblanadi. Umuman olganda ushbu xabar 1941-yildagi maʼlumotlar asosida tayyorlangan.
Maʼumot tarzida qayd etish lozimki, Goʼri Аmir maqbarasi 1941-yilning 16-22-iyun kunlari Hukumatning maxsus qarori bilan ochilgan boʼlib, ekspeditsiyaga professor T.N.Qori-Niyoziy rahbarlik qilgan. Dastlab Аmir Temur oʼgʼillari Mironshoh, Mirzo Shohruh, nevarasi Mirzo Ulugʼbek, 1941-yilning 19-iyunida Аmir Temur qabri ochilgan. Undan soʼng Аmir Temurning nevarasi Muhammad Sultonning qabri ham ochilgan. Аntropolog M.M.Gerasimov oʼzi yaratgan usul bilan Аmir Temur, Mironshoh, Shohruh, Mirzo Ulugʼbek va Muhammad Sultonlarning hujjatli portretlarini yaratgan. 1942-yilning oxirlariga kelib, Аmir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan oʼrganib boʼlingach, qaytadan oʼz joylariga dafn etilgan.
Hurmatli jurnalist va blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu kabi asoslantirilmagan yolg‘on xabar va ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz!