O’zR FA Matematika instituti olimlari tashabbusi bilan talabalar va yosh olimlar uchun 2020-yilning 16-iyuldan haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 11:30 da "p-adik analizga kirish" mavzusida onlayn darslari tashkil etilmoqda.
"r-adik analizga kirish" mavzusida Yozgi matematika maktabining navbatdagi onlayn darsi 2020-yil 14-avgust kuni o'tkazildi. Unda FA Matematika instituti katta ilmiy xodimi Iskandar Sattarov “p-adik sonlar maydonining kengaytmalari” mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzada keltirilgan tushuncha va xossalarning haqiqiy hamda r-adik analiz nuqtai nazaridan o'ziga xosliklari yoritib berildi. Dars savol-javoblarga boy tarzda o'tdi. Tinglovchilar darslarda berilayotgan ma'lumotlar juda qiziqarli va foydali bo'layotganini, kelajakda o'zlarining tadqiqot maydonlarini r-adik analizni qo'llagan holda kengaytirishni maqsad qilganlarini ta’kidladilar.