Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Quyun arxeologik yodgorligi


Quyun arxeologik yodgorligi Olmaliq-Telau yo'lining g'arbiy qismida, Parpiota ziyorotgohidan sharqda, Ohangaronning chap qirg'og'ida joylashgan. U qisman saqlanib qolgan va yillar davomida insoniyat faoliyati natijasida vayron bo'lgan bir nechta baland qoldiqlardan iborat.

Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan Quyun yodgorligi birinchi marta o'rganildi. 2018-2019-yillarda u yerda olib borilgan qazishma ishlari natijasida uy-joy qoldiqlari, turli ko‘rinishdagi o‘choqlar, yog'och ustunlar o‘rinlari, tosh buyumlar, So‘nggi jez – Ilk temir davri sopol buyumlari topilib, barchasi Burgalik arxeologik madaniyatiga mansubligi aniqlandi.

 

Maydonlardan birining ochilishida butun xum topildi. Madaniy qatlamlarda bug‘doy va arpa donlari qoldiqlari ham qo‘lga kiritildi. Bundan tashqari, qazishmalarda metalga ishlov berishda hosil bo‘ladigan qoldiqlar (shlak) hamda mis xom-ashyosi parchalari va jezdan yasalgan bigiz va ignalar topilgan bo‘lib, bular ushbu hududda jezga ishlov berish bilan shug‘ullanilganligidan dalolat beradi.

Burgalik madaniyati va Andronovo madaniyati bir davrda hukm surishi masalasi muhim ilmiy muammo sanaladi. Bu jihatdan, Toshkent viloyatida Quyun yodgorligi Andronovo va Burgalik madaniyatlariga tegishli sopol buyumlar bir majmuada uchraydigan yagona yodgorlikdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!