馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

QURULTOY DOIR袗SID袗GI MUHIM H袗MKORLIK聽


Xitoy Xalq Respublikasining Szinan褜 shahrida o始z ishini davom ettirayotgan Fanlar akademiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (M袗袗N) Ilmiy kengashlarining II qurultoyi doirasida muhim voqealardan biri — ilmiy hamkorlik loyihalarini rasmiy imzolash marosimi bo始lib o始tdi.

Jumladan, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Xitoy Fanlar akademiyasi o始rtasida ikki yo始nalishdagi qo始shma loyihalar imzolandi:

“O始zbekistonning maxsus shifobaxsh resurslarini faol va samarali tarkibiy qismlarini yaratish va qo始llash”;

“O始simliklar rivojlanishiga ko始maklashuvchi mikroorganizmlarning birgalikda o始rganilishi va ishlab chiqilishi”.

 

Mazkur loyihalar O始zbekiston va Xitoy o始rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi, biotexnologiya va farmatsevtika sohalarida innovatsion tadqiqotlar olib borilishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, O始zbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Shan褜dun provintsiyasi Fanlar akademiyasi (Xitoy), Belarus Milliy fanlar akademiyasi va Qirg始iziston Fanlar akademiyasi vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo始nalishlari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Qurultoy doirasida O始zbekiston delegatsiyasi a始zolari xalqaro anjumanda ilmiy ma始ruzalar bilan ishtirok etmoqda. Ular tomonidan taqdim etilgan ma始ruzalarda ilmiy tadqiqotlar, yangi texnologiyalar va ko始p tomonlama hamkorlik masalalari keng yoritilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!