Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qurilish sohasida chidamlilikni taʼminlashda yana bir muhim qadam


2025-yil 1-dekabrdan boshlab:
Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi O'zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda qurilish sohasida zilzilalar kuchini ko'rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib qurilish loyihalari amaliyotga yoʼlga qo'yiladi;

 2026-yil 1-fevraldan:
zilzilabardoshlik bo'yicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan to'lovlar miqdori 50 foizga qisqartiriladi;
 bir xil seriyali obyektlarga ilmiy xulosalar faqat bir marta to'lov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun to'lov undirilmaydi.

Fanlar akademiyasi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi bilan birgalikda:
zilzilabardoshlik bo'yicha ilmiy xulosalar berish "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi, joylab boriladi va elektron reestri yuritiladi.

Qisqa qilib aytganda, qurilish sohasida ilmiy yondashuvlarni joriy etish juda muhim. 

 Huquqiy asosi: Hukumatning 2025-yil 17-noyabrdagi 727-son Qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7842771)


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!