Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi ishlanmalar muhokama qilindi


Yaqinda «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Atayev va Navoiy viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va qambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Barakayevlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limiga tashrif buyurdilar. Ular Bo‘lim olimlarining qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi innovatsion ishlanmlari bilan tanishdilar.

 

Bo‘lim olimlarining "Toshqazgan koni ma'danidan elektrotexnika, metallurgiya va kimyo sanoatida foydalanishga yaroqli bo‘lgan grafit boyitmasini olish" hamda “Vaush koni dolomitini kompleks qayta ishlash yo‘li bilan magniy oksidi (magnezit) olish” nomli tijoratlashtirishga istiqbolli ilmiy ishlanmalar sifatida ushbu ishlanmalar bo‘yicha tasdiqlangan Manzilli jadvallar asosida tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Toshqozg‘on koni grafitlarida tabbiy holda sof uglerodning miqdori 30-34% bo‘lib, uni boyitmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanoatda qo‘llash imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, bugungi kunda Bo‘lim olimlari Umumiy va noorganika insituti bilan hamkorlikda mahalliy xomashyolardan tayyorlangan unversal ko‘pirtiruvchi reagent yordamida ushbu grafit rudasidagi sof uglerodning miqdorini 90-94% boyitishga erishdi. Ushbu reagentdan foydalanib, grafitni 4ta bosqichda loyiha ishtirokchilari tomonidan boyitganda, olimlarning teoretik hisobiga ko‘ra 99% tozalikga erishilganligi bashorat qilinmoqda. Ushbu olingan natijalar laboratoriya analizlari bilan tasdiqlanishi kutilmoqda.
Uchrashuv yakunida M.Atayev Bo‘limning yuqoridagi loyihalarini amalga oshirish uchun investorlarni topishda ko‘maklashishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!