Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Qozog‘iston mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” xalqaro simpoziumi va unda ishtirok etgan o‘zbek olimasining muvaffaqiyati xususida


Toshkent Botanika bog‘i xodimlari 2024-yilning 12-13-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Milliy biotexnologiya markazining 30 yilligiga bag'ishlangan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan  “Astana Biotech 2024” xalqaro konferensiyasida, shuningdek, “Qozog‘iston mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” xalqaro simpoziumida ishtirok etdi. 
Anjumanda Germaniya, AQSh, Niderlandiya, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Vengriya, O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning ilmiy markaz va institutlari, oliy ta’lim muassasalarining taniqli olim va mutaxassislari ishtirok etdi.
“Astana Biotech 2024” konferensiyasi nufuzli forum boʻlib, uning doirasida fan, biznes va taʼlim, shuningdek, davlat organlari vakillari ham Qozogʻistonda, ham xorijda biotexnologiya sohasidagi ilg'or ilmiy ishlanmalar bilan tanishishlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot formatida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan kompleks yechimlarni ishlab chiqish mumkin bo‘ldi. Konferensiya dasturidan plenar va seksiyalar, poster sessiyalari, davra suhbatlari bo‘lib, unda olimlar biologiya, biotexnologiya va biomeditsina yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy loyihalarini taqdim etdilar. Xalqaro ilmiy konferensiya doirasida “Qozog‘istonning mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” simpoziumi bo‘lib o‘tdi, unda yetakchi biologlar, botaniklar va genetiklar ishtirok etdi. Anjumanda biotexnologiya sohasida yetakchi kompaniyalarning uskunalari, texnologiyalari, xizmatlari va imkoniyatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Eng yaxshi og‘zaki taqdimot” va “Eng yaxshi stend taqdimoti” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish ushbu tadbirning muhim qismi bo‘ldi. Akademik F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i biotexnologiya laboratoriyasi mudiri Feruza Mustafina “Ungernia Bunge (U. sewertzowii (REGEL) B.FEDTSCH. va U. victoris VVED. EX ARTJUSH.) ikkita dorivor o‘simlik turinini biologik faol komponentlar manbalari sifatida mikroko‘paytirish” ma’ruzasi bilan ushbu tanlovda birinchi o‘rinni egalladi. Ularni ushbu e’tirof bilan muborakbod etamiz! Olimaning  ilmiy yutuqlari bardavom bo‘lsin!



 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!