馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qoraxoniylar davriga tegishli yana bir arxeologik yodgorlik


O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi, Ohangaron arxeologik ekspeditsiyasi 2020-yilda t.f.n. S.R. Ilyasova boshchiligida Shoabdumalik-ota (Shodmalik-ota) mozori yonidagi shahar xarobalarida arxeologik izlanishlarini davom ettirdi. 袗rxeologik izlanishlar “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg始armasi Toshkent bo始limi tomonidan moliyalashtirildi.

Shoabdumalik-ota mozoridan janubi-sharqda joylashgan tepalik qismida 7x5 m o始lchamida qazish ishlari olib borilib, tadqiqot natijasida qiziqarli ma始lumotlar qo始lga kiritildi. 袗rxeologik qazuv hududida yirik turar-joy inshootining bir qismi ochib o始rganildi. Turar-joy inshooti paxsa va xom g始ishtdan qurilgan bo始lib, aftidan uy hammomi vazifasini bajargan. Qazib o始rganilgan turar-joy xonalaridan birida (1-xona) pol va o始rindiqlar pishgan g始isht hamda ichki qismlari ganch bilan qoplanganlik holati bundan guvohlik beradi. Birinchi xonadan shimoli-g始arbda yana bir nechta xona bor bo始lib, ushbu xonalarning qanday vazifani bajargani keyingi izlanishlar natijasida aniqlanadi.

 

Interer tuzilishi uchinchi xonaning ikki qismdan iborat bo始lganini ko始rsatmoqda. Ushbu xona yuvinish jarayonidan keyin dam olish uchun mo始ljallangan bo始lib, devorga taqab pishiq g始ishtdan qurilgan supa shundan dalolat beradi. Supaga qarama-qarshi holda xom g始ishtdan gofralar bilan bezalgan ustun tiklangan. Bu hududda pol qismi yirik pishirilgan plitkalar bilan qoplangan, uning shimoli-sharqiy qismi yog始och eshik bilan ajratilgan va pol qismi mayda o始lchamdagi pishgan g始isht bilan qoplangan. Ushbu xonada uzoq vaqt davomida olov yonib turgan bo始lib, yong始indan so始ng u ko始mib tashlashgan. Topilgan sopol buyum parchalari ushbu inshootning XI asrga tegishli ekanini ko始rsatmoqda.

Madaniy qatlamlarning keng hududga yoyilgani arxeologik va arxitektura qoldiqlari ushbu yodgorlik o始rnida bir vaqtlar yozma manbalarda eslab o始tilgan o始rta asrlar Iloq shaharlaridan biri joylashgan, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!