Nukus shahri, Jasliq shaharchasi, Qoraqalpog始iston va Mo始ynoq qishloqlari maktab o始quvchilari tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar kuni birinchi yil o始tkazayotgani yo始q. Ushbu tadbir Qoraqalpog始iston tabiatining noyobligi, mavjud ekologik qonuniyatlar to始g始risida bilimlarni oshirishga, qo始riqlanadigan tabiiy hududlarning ishini qo始llab-quvvatlash, shu jumladan, “Saygachiy” birlashtirilgan landshaft qo始riqxonasida sayg始oqni saqlash va populyatsiyasini tiklashni qo始llab-quvvatlashga qaratilgan. 2020-yilda muhofaza qilinadigan tabiiy hudud kuni sayg始oq yashash joylaridagi qishloqlarning mahalliy aholisi, xuddi shu qo始riqxonaning xodimlari, O始zR F袗 Zoologiya instituti va Sayg始oqni saqlash bo始yicha 袗lyansning xodimlari ishtirok etishdi. Cho始l ekologik klublari a始zolari tomonidan “Nima? Qaerda? Qachon?” sport-ekologik estafeta, Viktorina tashkil etildi va qo始riqxonaning yovvoyi hayotiga bag始ishlangan, Ustyurt platosining mo始rt ekotizimlarini saqlash zarurati yo始nalishida "Qo始riqxonalar" o始yinini o始ynashdi. “Saygachi” qo始riqxonasi xodimlari brakonerlikni nazorat qilish bo始yicha o始z ishlari to始g始risida gapirib, aholini birinchi navbatda sayg始oq brakonerlariga qarshi turishga va qonun buzilishiga yo始l qo始ymaslikka undadilar. Olimlar ilmiy faoliyatlari, O始zbekiston qo始riqxonalarida noyob hayvonlar turlarini kuzatish usullari to始g始risida so始zlab, "Saygachiy" qo始riqxonasiga bag始ishlangan videofilmni ko始rsatdilar va muhokama qildilar.

Ushbu tadbir O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va O始zR Davlat tabiatni muhofaza qilish qo始mitasi tashabbusi bilan sayg始oqni (Saiga tatarica tatarica) saqlash, populyatsiyasini tiklash va barqaror foydalanish masalalari bo始yicha “Ko始chib yuruvchi turlar to始g始risida”gi Konventsiyaning o始rta muddatli xalqaro dasturini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
