馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qoraqalpog始iston faunasining noyob vakillari bo始yicha ilmiy tadqiqotlar


O始zR F袗 Zoologiya instituti Ornitologiya hamda Umurtqali hayvonlar laboratoriyalari olimlari tomonidan Qoraqalpog始istonning Mo始ynoq va Ellikqal始a tumanlari hududlariga "Qoraqalpog始iston yovvoyi hayvonlarining noyob va yo始qolib borayotgan turlari kadastri" loyihasi doirasida zamonaviy ma始lumotlarni to始plash bo始yicha ekspeditsiya tashkil etildi.

 

Olimlar Orol dengizining sobiq orollari – Vozrojdenie va Lazarev, Orolqum, Sudoche va Mashankul ko始llari, sobiq Mo始ynoq korfazi va Ellikqal始a qum uyumlariga tashrif buyurdilar.

Ekspeditsiya davomida pushti saqoqush, qizilg始oz (flamingo), qoshiqburun, qoravoy, kichik oq va sariq qarqara, vishildoq oqqush, oqbosh o始rdak, olaqanot, cho始l jiqtog始i, Yegipet qarqarasi kabi noyob qushlar turlari haqida ma始lumotlar olindi.

 

O始rta Osiyo toshbaqasi, Sharqiy boa konstriktori va boshqalar sudralib yuruvchilar qatoriga kiradi. Karakal, Korsak va kiyinishlar borligi izlarini topdi. Reptiliyalardan O始rta osiyo cho始l toshbaqasi, Sharq bo始g始ma iloni va boshqalarning hisob ishlari olib borildi. Qoraquloq, qorsak va olakuzan izlarining borligi aniqlandi. Kam sonda saqlanib qolgan sayg始oq guruhlari haqida so始rovnoma ma始lumotlari olindi.

Bundan tashqari, chiyildoq gekkoncha, rang-barang chipor ilon, ola putorak, jun oyoqli qo始shoyoq, ukki, haqqush (kvakva), Ispan sirchumchug始i va boshqa ko始plab qiziqarli turlar haqida ma始lumotlar to始plandi.

Shuningdek, ekspeditsiya a始zolari tomonidan tadqiq etilgan hududlarning umurtqali hayvonlari faunasi bo始yicha ham keng miqiyosdagi ma始lumotlar to始plandi hamda noyob hayvonlar va ularni saqlash muammolari haqida mahalliy ma始murlar, o始rmon xo始jaligi qo始mitasi vakillari va Mo始ynoq tumani markazi aholisi bilan suhbatlar o始tkazdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!