Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qoraqalpogʻiston delegasiyasining Koreya davlatiga tashrifi davom etmoqda


Koreya davlatida xizmat safarida boʻlib turgan Qoraqalpogʻiston delegasiyasi The Academy of Roen Studies vakillari bilan uchrashdi.

Unda magistratura, doktorantura yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha muloqot boʻlib oʻtdi. Shuningdek, Qoraqalpoq davlat universiteti va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimida tadqiqot ishlarini olib borayotgan ilmiy tadqiqotchilarning tajribasini oshirish maqsadida 1 oydan 6 oygacha oʻquv kurslarini tashkil etish, magistrant va doktorantlarning tadqiqotlari boʻyicha Koreya davlatida tajriba almashish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

 

Bundan tashqari, Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimida ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida maxsus arxeologik qazilmalarni oʻrganadigan laboratoriyalar tashkil etish va yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Qoraqalpogʻistonlik talabalar uchun Koreyadagi oʻquv yurtlari va Fanlar akademiyasida maxsus grant oʻrinlari ajratish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Bundan soʻng chiqindilarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi Bioltec kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda mahalliy hamkorlar bilan birga Qoraqalpogʻistonda maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali biogaz olish yoʻnalishida maxsus zavod qurish, olingan biogazni issiqxonalarni isitish uchun keng turda foydalanish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tashrif davomida Koreyaning Agency Korean IT Welfare IT kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Unda Qoraqalpogʻistondagi oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun onlayn til oʻrgatish va IT boʻyicha onlayn darslar oʻtkazish boʻyicha kelishib olindi. Shuningdek, Nukus shahrida eskirgan maishiy texnikalarni qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham kelishuvga erishildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!