馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qoraqalpog始iston bo始ylab ilmiy-tadqiqot ishlari davom etmoqda


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo始mitasi xodimlari hamkorlikda Qoraqalpog始iston Respublikasining Taxtako始pir, Karauzyak, Qanliko始l va Kegeyli tumanlarining belgilangan asosiy hududlarida “Qoraqalpog始istonning kamyob va yo始qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvon turlari kadastri” loyihasi doirasida ekspeditsiya tashkil qilindi.

Ekspeditsiya davrida Beltog始 platosining chinkoldi tekisliklari, Karatereng va Dovutko始l ko始llari, 袗kpetki va Jaltirbas ko始llar tizimi hamda Kuskantog始da (Tasmanko始l va Tuzli ko始llari) izlanishlar olib borildi. Ushbu hududlarning har biri o始rganish, doimiy monitoring olib borish va muhofazaga muhtoj bo始lgan nodir zoologik komplekslar hisoblanadi.

Ekspiditsiya jarayonida O始zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan qushlardan 18 tur – qizil g始oz, kichik qoravoy, kichik oq qarqara, qoravoy, qoshiq burun, vishildoq oqqush, pushti va jingalakli saqoqqushlar, oqbosh o始rdak, oqko始z, katta uzunburun baliqchi, katta veretennik, ilonxo始r burgut, burgut, cho始l burguti, oq dumli suvburgut va dasht miqqiysi, sudralib yuruvchilardan – O始rta Osiyo cho始l toshbaqasi va qum bo始g始ma iloni, sutemizuvchilar orasida jayron va qora ignali tipratikanlarga doir ma始lumotlar olindi. Jami sudralib yuruvchilardan 10 tur, qushlardan 50 dan ortiq tur va sutemizuvchilardan 13 tur hisobga olindi.

 

 

Yuqorida keltirilgan umurtqali hayvonlardan tashqari mintaqa uchun qiziqarli bo始lgan Matrap to始garakboshi, kichik baliqchi, qizqush, xo始ja savdogar, to始qay mushugi kabi turlar ham uchratildi.

Olingan ma始lumotlar O始zbekiston Respublikasi Qizil kitobining keyingi nashrlarini tayyorlaganda ma始lumotlarni yangilashda va Qoraqalpog始iston kadastr ba始zasini to始ldirishda, shuningdek, yovvoyi tabiatdan turlarni olish uchun qaror qabul qilganda muhim rol o始ynaydi.

M.袗.Gritsina va T.V.袗bduraupov, 

FA Zoologiya instituti kichik ilmiy xodimlari


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!