Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qizilqumni obod qilayotgan olimlar


“Yash"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil 25-oktabrdan 1-dekabrgacha “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” tadbiri belgilandi. Uning doirasida 85 million tup kо‘chat ekish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti hamda F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘i ilmiy xodimlari tomonidan Respublikamizning qator olis hududlarida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 10-19 noyabr kunlari O‘zR FА Botanika instituti O‘simliklar populyatsion biologiyasi va ekologiyasi laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Navoiy viloyati Konimex tumani Qizilqum cho‘l biologik stantsiyasi maydoniga 300 ga yaqin shumtolbarg zarang (Acer negundo L.), maydabarg uchqat (Lonicera microphylla Willd. ex Schult.) va kornus (Cornus sanguinea L.) ko‘chatlari va mevali daraxtlarning urug‘lari ham ekildi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Konimex tumanidagi Qizilqum cho‘l biologik stantsiyasi tuman markazidan 170 km uzoqlikda joylashgan. Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida, Respublikamizning olis hududlaridagi yashil maydonlar hududi kengaytirilib boriladi.

 

  

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!