馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qishloq xo'jaligida qo'llanilgan tadqiqot natijalari


O始zR F袗 Bioorganik kimyo instituti ilmiy xodimlari tabiiy birikmalar asosida yangi avlod preparatlarini yaratish va ularning biotik hamda abiotik stresslarga ta始sirini molekulyar mexanizmlarini tadqiq etishda katta tajribaga ega. Instituti olimlari tomonidan shirinmiya ildizidan ajratib olingan glitsirrizin kislotasi va uning asosida qator preparatlar, jumladan, D袗G-1 supramolekulyar kompleks preparati yaratilgan.

Sirdaryo viloyati fermer xo始jaliklarining 1000 gektardan ortiq sho始rlangan tuproqlarida ushbu yangi avlod D袗G-1 va D袗G-2 preparatlari joriy qilindi va ijobiy natijalarni berdi.

2020-yil O始zbekiston Respublikasi "O始zpaxtasanoat" va Qishloq xo始jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Sirdaryo viloyati “B袗XT” va “M袗LIK” paxta tozalash zavodlarida O始zR F袗 Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan yangi preparat bilan 900 tonna chigitga ishlov berildi va viloyat sharoitida yuzaga kelgan texnogen jarayonlar oqibati tufayli kech yoki qayta ekilgan maydonlarda g始o始zaning rivojlanishiga samarali ta始sir etgani ma始lum bo始ldi.

Ushbu natijalarga tayanib, Institut rahbariyati bu yil Sirdaryo viloyatida kuzatilgan texnogen jarayonlar oqibatida vujudga kelgan paxta hosildorligini me始yorida saqlab qolish uchun qilinayotgan harakatlarni e始tiborga olgan holda Sirdaryo fermer xo始jaliklari uchun 500 ga paxta maydonlarida shonalash davrida ishlov berish uchun yetarli miqdorda, shuningdek, 200 ta qadoqlangan idishlarda D袗G-1 preparatini beg始araz yordam sifatida berishni rejalashtirmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!