馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qishloq xo始jaligida "aqlli suv" nasos stantsiyalarini qo始llash rejalashtirilmoqda


O’zbekirston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Quyosh energiyasi xalqaro instituti” MChJ va Janubiy Koreyaning “Association of Kerea Energy 4.0” assotsiatsiyasi hamda “Jeongin System Co., Ltd.” kompaniyalari bilan hamkorlikda tayyorlangan “O始zbekiston qishloq xo始jaligida Quyosh fotoelektrik texnologiyalarini qo始llagan holda aqlli suv nasos stantsiyalarini ishlab chiqish” texnik-iqtisodiy asoslash loyihasi (“Feasibility study on development of smart water pump station using solar PV technologies in Uzbekistan”) bo始yicha uchrashuv o始tkazildi.

Koreyalik hamkorlar o始zlarining tashkilotlarida olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlar va O始zbekistonda “4-sanoat revolyutsiyasi” texnologiyalarini qo始llagan holda suv nasos stantsiyalarini yaratish bo始yicha takliflari bilan o始rtoqlashdi. Uchrashuv yakunida o始zaro hamkorlik to始g始risida Kelishuv imzolandi.

Loyiha doirasida Toshkent viloyatida va boshqa bir qator viloyatlarda kichik, o始rta va katta quvvatga ega quyosh texnologiyalari asosida pilot suv nasos stantsiyalarini ishlab chiqish, o始rnatish va monitoring qilish amalga oshiriladi. Loyiha bajarilishi natijasida Quyosh texnologiyalari asosida zamonaviy suv nasos stantsiyalarini qishloq xo始jalik obektlarida samarali va keng miqyosda qo始llash bo始yicha takliflar ishlab chiqiladi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!